Turkmaniston prezidenti 9 kunga cho‘zilgan jimlikdan so‘ng ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

Turkmaniston prezidenti 9 kunga cho‘zilgan jimlikdan so‘ng ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 24 iyul kuni 9 kunga cho‘zilgan jimlikdan so‘ng davlat televideniyesi kameralari qarshisida paydo bo‘ldi.

TDX agentligiga ko‘ra, «15 iyulda boshlangan mehnat ta’tiliga qaramay, davlat rahbari vaqtidan imkon qadar samarali foydalanish tamoyiliga sodiq qolmoqda».

Gurbanguli Berdimuhamedov qator qurilish loyihalari, jumladan, Axal viloyatida barpo etiladigan Ashxabod-siti loyihasini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston prezidenti 20 iyuldan OAVda tarqala boshlagan uning o‘limi haqidagi xabarlardan so‘ng ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!