Turkiya 85 ta davlatda qariyb ikki million nusxa Qur’on tarqatdi

Turkiya 85 ta davlatda qariyb ikki million nusxa Qur’on tarqatdi

Turkiya Diniy jamg‘armasi (TDV) 85 davlatga 1 million 731 ming 884 nusxa Qur’on tarqatdi. Bu haqda TDV xabarida aytiladi.

Aksiya Turkiya Diyonat Jamg‘armasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Qur’oni karim sovg‘am bo‘lsin» loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Muqaddas kitob 41 til va dialektda nashr etilgan.

TDV bosh direktori Izani Turanning Anadolu agentligiga aytishicha, birgina Ramazon oyida 25 davlatdagi 89 ming kishiga 6 tilda Qur’on berilgan.

«Qur’onni o‘rganishga, ayniqsa, ochlik va qashshoqlik juda yuqori darajada bo‘lgan Afrika mamlakatlarida qiziqish uyg‘otadi. Bolalar keyinchalik hofiz bo‘lishlari uchun Qur’oni Karimdan yog‘och va teri parchalariga bitilgan bitiklarni o‘rganishga harakat qilmoqda. Biz bu odamlarga sovg‘a qilayotgan Qur’on nusxalari ularning hayotini osonlashtirib, ularga katta baxt keltirmoqda», — dedi u.

Xabarda aytilishicha, loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 4333 qisqa raqamiga «QURAN» matni bilan SMS yuborish yoki bagis.tdv.org sayti orqali xayriya qilish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!