“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ birinchi chorakda qanday ko‘rsatkichlarga erishdi?

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ birinchi chorakda qanday ko‘rsatkichlarga erishdi?

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2024 yilning 1-choragi davomida 9 milliard 965 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu rejaga nisbatan 109,7 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 4 million 644 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu esa rejaga nisbatan 104,6 foiz ko‘pdir.

Investisiya dasturiga asosan 130,2 million AQSh dollariga teng mablag‘ o‘zlashtirilib, reja ko‘rsatkichi 108,3 foizni tashkil etgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 13,1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 100,4 foizga bajarilishi ta’minlangan. Import hajmi 3,5 million AQSh dollariga qisqartirilib, reja 114,2 foizni ko‘rsatgan.

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov bu haqda ma’lumot berdi.

Unda aytib o‘tilganidek, korxona oldida turgan muhim vazifalardan biri, bu – mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yil yanvar-mart oylarida mahsulot tannarxi 450,8 milliard so‘mga pasaytirilib, reja 100,6 foizga bajarilgan.

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida “Toshkent IEM”da bunyod etilgan har birining quvvati 32 MVtga teng bo‘lgan ikkita gaz-turbina qurilmasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi, – dedi M.Bekmuhammedov. – Ushbu zamonaviy energiya inshooti Toshkent shahri iste’molchilariga elektr va issiqlik energiyasini yetkazib berish sifati hamda ko‘lamini oshirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda “Talimarjon IES”da umumiy quvvati 1065 MVt va “Navoiy IES”da quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy, energiya samarador bug‘-gaz qurilmalarini bunyod etish bo‘yicha qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirda 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham aytib o‘tildi. Unga asosan 14 ta energoblok, 28 ta qozon qurilmasi, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi va 1 ta turbo generatorda mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Mavsumga tayyorgarlik joriy yilning fevral oyidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1 ta energoblok, 2 ta bug‘-gaz qurilmasi 3 ta qozon agregatida ta’mirlash ishlari yakunlandi. Ayni kunlarda 5 ta energoblok va 14 ta qozon agregatlarida ta’mir ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!