Zidan Olimpiada estafetasida qatnashadi

Zidan Olimpiada estafetasida qatnashadi

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Marseldagi (Fransiya) Olimpiada qozonini yoqish marosimida ishtirok etadi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, bo‘lajak o‘yinlarga mezbon mamlakatda Olimpiya mash’alasi estafetasining birinchi ishtirokchisi suzuvchi Floran Manodu, estafetaning uchinchi ishtirokchisi esa olimpiada qozonini yoqadigan Zidan bo‘ladi.

Estafeta 26 iyul kuni Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida Olimpiada olovining yoqilishi bilan yakunlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!