Janubiy Afrikada ko‘p qavatli binoning qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrikada ko‘p qavatli binoning qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrikaning Jorj shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo‘lgan ishchilar soni 8 nafarga yetdi.

Jorj shahri ma’muriyati vayronalar ostida 75 ishchi qolib ketganini, ulardan 37 nafari qutqarib olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 22 yaradordan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

G‘arbiy Keyp provinsiyasi ma’muriyati vayronalar ostida qolgan ishchilar bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qildi.

Jorj shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli bino 6 may kuni qulab tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!