10 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

9-11 may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

9-12 may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!