Dunyoning eng qimmat futbol klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng qimmat futbol klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Sportico sport biznes-portali ayni damdagi eng qimmat futbol klublari ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi egalladi. Uning qiymati (6,2 milliard dollar) deb baholangan. Ikkinchi o‘rinda «Real Madrid» (6 milliard dollar). Uchinchi o‘rinni kataloniyalik «Barselona» (5,2 milliard dollar) egalladi. Kuchli uchlikdan keyin Angliyaning «Liverpul» klubi (5,1 milliard dollar) turibdi. Kuchli beshlikni «Bavariya» (4,8 milliard dollar) yakunladi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining (APL) 35 o‘yinidan so‘ng turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi (54 ochko). «Manchester Yunayted» mavsumni yevrokuboklar zonasida yakunlashni rejalashtirmoqda. Joriy mavsumda inglizlar Chempionlar ligasi guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. 12 may kuni Angliya chempionati doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida Londonning «Arsenal» klubini qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!