O‘zini Markaziy bank "mutaxassis xodimi" sifatida tanishtirgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

O‘zini Markaziy bank "mutaxassis xodimi" sifatida tanishtirgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) U.J. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4.100.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi 25 yoshli Q.J sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Q.J., internet foydalanuvchilariga o‘zini Markaziy bankning "mutaxassis xodimi" sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan K.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!