O‘zbekiston TIV rahbari Pokistonda

O‘zbekiston TIV rahbari Pokistonda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegasiyani Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif qabul qildi.

Vazirimiz qardosh davlat yetakchisiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarning ulkan istiqboli hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiy, investisiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalq o‘rtasidagi munosabatni kengaytirishga qaratilgan har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik ma’qullandi.

B.Saidov Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Ishoq Dar bilan ham uchrashib, siyosiy va iqtisodiy muloqotni faollashtirish, barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Ochiq va o‘zaro ishonchga asoslangan yondashuv orqali barcha sohalardagi aloqani rivojlantirishga tayyorlik qayd etildi.

Pokistonga tashrif davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 32 yilligi arafasida amalga oshirilayotgani ahamiyatga molik.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Islomobod shahriga tashrifi davomida savdo vaziri Jam Kamol Xon, xususiylashtirish vaziri Abdul Alim Xon, Milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqot vaziri Rana Tanvir Husayn hamda Pokiston temir yo‘llari raisi Sayid Mazhar Ali Shoh bilan ham ko‘rishdi.

Muloqotlar davomida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, hududlararo sheriklikni faollashtirish, transport, logistika, investisiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

2-3 may kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investisiya forumida Pokistonning yirik kompaniyalari ishtirok etgani va samarali uchrashuvlar o‘tkazgani mamnuniyat bilan qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!