Bayden Isroilga ultimatum qo‘yadi

Bayden Isroilga ultimatum qo‘yadi

Agar Isroil harbiylari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida operasiya boshlasa, Qo‘shma Shtatlar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi, dedi Amerika prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida.

"Men aniq aytdimki, agar ular Rafahga kirsalar, AQSh Isroilga qurol berishni to‘xtatadi", dedi Jo Bayden.

Isroilning G‘azo sektorida bombalar qo‘llagani sabab tinch aholining katta qismi halok bo‘ldi, dedi Amerika prezidenti. AQSh bu bombalarni 2023 yil dekabr oyida Isroilga yetkazib bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!