Transport universiteti Koreyaning 9 ta universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Transport universiteti Koreyaning 9 ta universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Joriy yilning 27-28 iyun kunlari Toshkent davlat transport universitetida Koreya Respublikasining 9 ta universiteti rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Koreyaning Kyungil, Keimyung, Dayegu, Jeju Turizm universiteti, Kumoh Milliy Texnologiya Instituti, Andong Milliy universiteti rektorlari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Toshkent davlat transport universiteti va Koreyaning 9 ta universitetlarini o‘z ichiga olgan alyans o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu tashrif Koreya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi. Bu o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!