Trampning g‘alabasini taxmin qilgan ekspert bu galgi saylov qanday yakunlanishini bashorat qildi

Trampning g‘alabasini taxmin qilgan ekspert bu galgi saylov qanday yakunlanishini bashorat qildi

Vashington universiteti professori Allan Lixtman sobiq AQSh vise-prezidenti, demokrat Jo Baydenning noyabrdagi AQShda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida g‘olib bo‘lishini bashorat qildi, deya xabar beradi CNN.

1984 yildan beri AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalarini aniq bashorat qilgan professor 2016 yilda respublikachi Donald Trampning g‘alabasini va uning impichment prosedurasidan o‘tishini taxmin qilganlardan biri bo‘lgandi.

Ta’kidlanishicha, Lixtman prognoz qilish uchun o‘zining "13 asosiy omillar" tizimini ishlab chiqqan bo‘lib, ular orasida mustaqil nomzodning saylov poygasida qatnashishi, iqtisodiyotning uzoq muddatli va qisqa muddatli ko‘rsatkichlari, egallab olingan pozisiyaning ustunligi, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar, janjallar va prezidentlikka nomzodning fe’l-atvori ham bor.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, Bayden bu yil Trampning oltitasiga qarshi yettita shunday omilga ega.

Zero, impichment mojarosi, Kongress Vakillar palatasida respublikachilarning ko‘pchiligining yo‘qolishi, COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz va ko‘plab noroziliklar AQShning amaldagi prezidentiga qarshi o‘ynashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!