Tramp Merkel bilan qo‘l berib so‘rashishni istamagan - OAV

Tramp Merkel bilan qo‘l berib so‘rashishni istamagan - OAV

Germaniya Mudofaa vazirligining rahbari Ursula fon der Lyayen AQSh prezidenti Donald Trampning GFRga doimiy hujumlaridan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda Spiegel yozmoqda.

Vazirning taxminicha, bu, Trampning ayollar bo‘yicha eski zamon tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel kabi ayollar butun dunyoda hurmat qilinadi va katta tajribaga egadir. Biroq, Tramp aftidan bunday ayollarni avval uchratmagan.

Vazirning qayd etishicha, Merkel Tramp hujumlariga ob’ektiv tanqidlar bilan javob qaytardi.

«Avvaliga u (Tramp) Merkelga qo‘lini ham berishni istamadi. Endi u hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda, uni diqqatlik bilan tinglayapti», - deya ma’lum qildi fon der Lyayen.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!