Tramp: "Bu masxaraboz va omadsizlar qanchadan-qancha yaxshi odamlarga ziyon yetkazishdi!"

Tramp: "Bu masxaraboz va omadsizlar qanchadan-qancha yaxshi odamlarga ziyon yetkazishdi!"

AQSh prezidenti Donald Tramp FQBning sobiq direktori Jeyms Komi, uning o‘rinbosari Endryu Makkeyb va yana ikki xodimini tanqid qildi va ularni "masxarabozlar va omadsizlar" deb atadi.

"Kun" nashrining xabar berishicha", FQB hozirda ishdan chetlashtirilgan Komi, Makkeyb, Piter Strjok va uning go‘zal ma’shuqasi Liza Peyj va boshqalar tomonidan putur yetkazilgan avvalgi obro‘sini tiklay olarmikin? Bu masxaraboz va omadsizlar FQBdagi qanchadan-qancha yaxshi odamlarga ziyon yetkazishdi!" –deya qayd etdi Tramp.

"FQB nima uchun Makkeybning matnli xabarini Judicial Watch huquqni muhofaza qilish tashkiloti yoki boshqa hukumat muassasalariga bermayapti? FQB birorta ham xabarni taqdim etmasligini bildirdi. Ular nimani yashirishyapti? Makkeybning xotini Xillarining odamlaridan uning saylov kampaniyasi davrida yaxshigina mablag‘ olgan", - deb yozdi u Twitter’da.

Iyun oyida AQSh adliya vazirligi bosh inspektori ma’muriyati Makkeyb tergovchilar va FQB bosh direktorini to‘rt marta chalg‘itgani, ularning uchtasini u qasam ichgan holda sodir etganini ma’lum qildi. Bu OAVga maxfiy ma’lumotlarni berish bo‘yicha suhbat va so‘roq jarayonida yuz bergan. Ayni vaqtda prokuratura Makkeybning bu orqali jinoyat sodir etgan-etmaganligini aniqlashga urinmoqda. Qonunga ko‘ra, yolg‘on ko‘rsatma berish besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi, FQBning sobiq direktor o‘rinbosari hech kimga yolg‘on gapirmaganini ta’kidlamoqda.

Strjok esa FQBda kontrrazvedka masalalari bilan shug‘ullangan hamda Trampning Rossiya bilan aloqalarini tekshirish bilan shug‘ullanayotgan maxsus prokuror Robert Myuller jamoasida ishlagan. Avvalroq OAV Strjok va u bilan o‘zaro ishqiy aloqada ekanligi aytilgan uning hamkasbi, FQB yuristi Liza Peyj o‘rtasidagi elektron yozishmalarni e’lon qilgandi. 2016 yilda yozilgan bu maktublarda Strjok Tramp prezident "bo‘lmasligini" hamda "uni to‘xtatish" niyatida ekanligini yozgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!