Tramp 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan favquloddagi vaziyatni bir yilga uzaytirdi

Tramp 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan favquloddagi vaziyatni bir yilga uzaytirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan sanksiyalar amal qilishini yana bir yilga uzaytirdi.

Trampning kongressning ikki palatasi rahbarlariga yo‘llagan maktubida ta’kidlanishicha, AQShning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun favqulodda xavf” hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

“Shu sababli terrorchilikni amalga oshirayotgan, amalga oshirish bilan tahdid qilayotgan yoki uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga nisbatan 13224-son farmonda e’lon qilingan favqulodda vaziyatni (sanksiyalarni) yana bir yilga uzaytirish zarurligi haqida qaror qabul qildim”, deb aytilgan maktubda.

11 sentyabrdagi teraktlar AQSh tarixidagi eng yirik teraktlar bo‘lgan. Ushbu teraktlar 3 mingdan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!