Toshkentda yashayotgan ayol Samarqanddagi mahkumni ozodlikka chiqarish uchun 8 ming AQSh dollari so‘radi

Toshkentda yashayotgan ayol Samarqanddagi mahkumni ozodlikka chiqarish uchun 8 ming AQSh dollari so‘radi

1974 yil Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan, ayni paytda Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol Samarqand viloyatidagi manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni sud idoralaridagi tanishlari orqali oqlab, ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan puldan 4 ming dollarini mahkumning tanishidan olgan vaqtida ushlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!