Toshkentda "o‘lik" xodimlarga oylik ajratgan bog‘cha mudirasiga jazo tayinlandi

Toshkentda "o‘lik" xodimlarga oylik ajratgan bog‘cha mudirasiga jazo tayinlandi

Xalqimiz ustoz-murabbiylarni, tarbiyachilarni e’zozlaydi, hurmatini joyiga qo‘yadi. Ammo ba’zida ular orasida kasbiga dog‘ tushirayotganlar ham uchrab turadi.

"Inson va qonun" nashrining yozishicha, Munisxon Rizayeva poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 219-maktabgacha ta’lim muassasasining mudirasi lavozimida ishlagan. U o‘zganing mulkini o‘zlashtirish maqsadida soxta hujjatlar tayyorlagan. M.Rizayeva mansab mavqeini suiist’emol qilib, 2017 yil muassasaga M.Usmonboyevni bino ishchisi vazifasiga, K.Hosilbekovani jismoniy tarbiya yo‘riqchisi vazifasiga, L.Rixsiyevani musiqa rahbari vazifasiga, R.Hakimovani rus va o‘zbek tili o‘qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilganligi haqida buyruq chiqargan. Ammo ushbu shaxslar mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat faoliyatini yuritmagan. Ya’ni ishlamagan. Mudira to‘lov qog‘ozlariga soxta ma’lumot kiritib, jami 6.130.642,62 so‘m pul mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur muassasada o‘tkazilgan tekshiruvda qing‘ir ish fosh etildi. Ishlamagan odamlarga buyruq chiqarilib, ­maosh to‘langanligi aniqlandi. Soxta hujjat tuzgan mudiraga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Otabek SODIQOV,

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi katta inspektori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!