Toshkentda AQShga ishlash uchun bormoqchi bo‘lganlar chuv tushdi

Toshkentda AQShga ishlash uchun bormoqchi bo‘lganlar chuv tushdi

Toshkent. 2019 yilning sentyabr oyidan 28 oktyabr kuniga qadar 25 yoshli B.G‘., Shayxontohur tumani, Bog‘ ko‘chasida bo‘la turib, o‘zining tanishi 35 yoshli S.X., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 AQSh dollari evaziga AQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va’da qilib, uni aldab, 2.700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, B.G‘. jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning sentyabr oyidan 28 oktyabrga qadar 26 yoshli B.A., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 AQSh dollari evaziga AQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va’da qilib, aldab, undan ham 2.050 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, va’dasini bajarmay, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani 6-sonli IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida B.G‘. tomonidan yetkazilgan moddiy zarar jami 44.950.707 so‘mni tashkil qilganligi aniqlangan, shundan tergov jarayonida 946.300 so‘m qoplangan bo‘lib, B.G‘. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, tegishliligi bo‘yicha sudlovga oshirish masalasini ko‘rib chiqish uchun Shayxontohur tumani prokuraturasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!