“Toshkent-Xorazm” avtoturargohida “Antiseptik” niqobi ostida Xorazm viloyatiga jo‘natilayotgan etil spirti to‘xtatib qodindi

“Toshkent-Xorazm” avtoturargohida “Antiseptik” niqobi ostida Xorazm viloyatiga jo‘natilayotgan etil spirti to‘xtatib qodindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Chilonzor tumanidagi “Toshkent-Xorazm” avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda Farg‘ona viloyatida yashovchi B.T. umumiy bahosi 157,5 mln so‘m bo‘lgan 900 dona 5 litrlik yelim idishlarga qadoqlangan 4,5 tonna etil spirtining ustiga qalbaki “Antiseptik” yozuvli etiketkalarni yelimlab, Xorazm viloyatida o‘tkazish maqsadida jo‘natganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!