Toshkent tumanlaridan birida pensioner ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent tumanlaridan birida pensioner ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, hodisa 8 noyabr kuni Yangiovul qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Pensioner kampir ikki nafar voyaga yetmagan nabiralari bilan birga uxlab yotganida uyi oshxonasiga o‘rnatilgan gaz yordamida isitiladigan suv isitish moslamasidan (AGV) sizib chiqqan is gazidan zaharlangan.

Is gazi xonadan mo‘ri chiqarilmaganligi sababli uy ichiga to‘plangan va natijada kampir zaxarlanib voqea joyida vafot etgan, nabiralari esa kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida bir kechada bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanib vafot etgandi.

Voqeadan so‘ng hukumat maxsus komissiyasi tuzildi. Uning oldiga shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Komissiyaga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbar qilib tayinlangandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!