Toshkent shahrida 7 soat ichida 231 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkent shahrida 7 soat ichida 231 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 13 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13591 (+231) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining barcha 231 nafari Toshkent shahrida (shundan 146 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan.
 
❗️Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi. 

❗️Shunday qilib yurtimizda 8030 (+178) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 5498 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!