Tolibon Tojikiston va O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun 100 million dollar qarzdor

Tolibon Tojikiston va O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun 100 million dollar qarzdor

Tolibonning Suv va energetika vazirligi matbuot kotibi Ahmad Muhammad Nusratga ko‘ra, Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasiga qarzlarni to‘lashda O‘zbekiston va Tojikiston banklaridagi mablag‘ o‘tkazish bilan bog‘liq ayrim muammolar to‘sqinlik qilmoqda. Afg‘oniston tomonining xohishi va niyatiga qaramay, hozircha to‘lovni amalga oshirishning imkoni yo‘q.

DABS vakili Omonulla G‘olib kreditor mamlakatlar banklari bilan bog‘liq muammolar Ukraina mojarosi sababli yuzaga kelganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarida elektr energiyasini xarid qilish uchun yiliga qariyb 300 million dollar sarflaydi, shundan 108 million dollari O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!