Tojikistonda sehrgarlar, folbinlar va tabiblar jazolanadi

Tojikistonda sehrgarlar, folbinlar va tabiblar jazolanadi

Tojikistonda o‘zini sehrgar va tabib deb ataganlarning jazosi kuchaytirildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Tojikiston Respublikasi qonunchiligiga jodugarlik, folbinlik, tumor va jodugarlar sotish orqali tirikchilik qilayotgan firibgarlarga nisbatan jinoiy va ma’muriy javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Endi ular olti oygacha majburiy mehnatga yuboriladi. Buning uchun mamlakatda yagona reestr yaratilib, unga ushbu turdagi firibgarliklarga aloqador shaxslarning ma’lumotlari kiritiladi.

Ilgari Tojikistonda jodugarlik va fol ochish bilan shug‘ullanganlar faqat jarima bilan jazolanardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!