TDPU yurtimizda yagona zamonaviy psixologik diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlandi

TDPU yurtimizda yagona zamonaviy psixologik diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlandi

TDPU “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” yurtimizda yagona zamonaviy diagnostika asbob-uskunalar bilan jihozlandi

Oliy ta’limda nazariyadan amaliyotga o‘tish, fanlarni amaliyot bilan birga rivojlantirish davrning muhim talabi bo‘lib qolmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Jahon banki, Akademik innovasiyalar fondi  va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlik granti asosida tashkil etilgan “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi’ psixologiyaning amaliy masalalari bilan shug‘ullanish maqsadida eng so‘nggi zamonaviy psixofiziologik diagnostika va korreksion asbob-uskunalar, sensor moslamalar bilan jihozlandi.

Markazda EEG, EYEG +BOS trening,  BAK terapiya, Biofeedback trening, NS – Psixotest psixofiziologik+psixologik diagnostika kompyuter dasturiy ta’minoti xizmatlari orqali insonning miya faoliyati, uning  tashqi tasirga nisbatan ichki va tashqi jabovlari, salbiy va ijobiy imkoniyatlari haqida to‘liq va aniq malumotga hamda yetuk mutaxassislar tomonidan psixologik tavsiyalarga ega bo‘lish mumkin.

Xo‘sh, EYEG o‘zi nima?

Elektroansefalogram (EEG) –Bosh miya neyronlarining elektr aktivligini va bosh miya terisining o‘tkazuvchanligini tekshiradi. Miya faoliyatini elektr impulslari shaklida qayd etib, olingan ma’lumotlarni maxsus uskuna yordamida qayta ishlaydi. Shu bilan birga amaliy psixologiyada EYEG bir qator nevrologik va psixosomatik kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi.

TDPU “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi’da quyidagi psixologik kasalliklar diagnostikasini amalga oshirish imkoniyati mavjud:

  • o‘rtacha aqliy zaiflik;
  • nevroz;
  • tushkunlik;
  • Uyqu buzilishi;
  • vahima hujumlari;
  • giperaktivlik va diqqat etishmovchiligining buzilishi;
  • kekkayish;
  • yozishni rivojlantirishdagi kamchilik;
  • o‘qish qobiliyatining rivojlanishidagi kamchilik;
  • epilepsiyaning ba’zi shakllari;
  • enurez;
  • bosh og‘rig‘i;
  • ensefalopatiya, neyroinfektsiyaning oqibatlari;
  • serebrostenik sindrom;
  • psixosomatik kasalliklar: bronxial astma, ekzema, dermatit va boshqalar.

Markazda tashkil etiluvchi Psixoyemotsional biofeedback bo‘yicha trening stress va psixoyemotsional zo‘riqishning oldini olishda juda yaxshi samara beradi. Trening sog‘lom bolalar va kattalar uchun kuchli emosional, aqliy zo‘riqish davrida va juda ko‘p uchraydigan psixosomatik kasalliklarda bundan tashqari imtihonlar, universitetga kirish, yashash joyini o‘zgartirish, ota-onalarning ajrashishi kabi holatlarda tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!