Ta’lim vaziri: Bezori o‘quvchi boshqa joyga ko‘chirilishi lozim!

Ta’lim vaziri: Bezori o‘quvchi boshqa joyga ko‘chirilishi lozim!

Finlyandiya ta’lim vazirligida maktablardagi bezorilik va o‘quvchilarning o‘zaro tahqirlash munosabatlarini bartaraf qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. 

Ta’lim vaziri Sanni Gran-Laasonenning aytishicha, qonun maktabdagi og‘ir xulqli o‘quvchini boshqa maktabga o‘tkazish imkonini beradi, deyiladi "Yle" xabarida. 

“Kim boshqani tahqirlaydigan bo‘lsa, jazosini olsin. Jabrlanuvchi emas, o‘sha bezori o‘quvchi boshqa joyga ko‘chirilishi lozim”, deydi vazir. 

Shuningdek, u bunday holat maktabning o‘zida, ish muammoga aylanmasidan hal qilinishi kerak, deb ta’kidlagan. 

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!