"Suriyada jang qilayotganlarning hech biri oppoq emas"

"Suriyada jang qilayotganlarning hech biri oppoq emas"

BMT Inson huquqlari kengashi huzuridagi Suriya bo‘yicha mustaqil komissiya yangi hisobotini e’lon qildi. Unda aytilishicha, Suriya urushida qatnashayotganlarning deyarli bari qotillik, qiynoq, jinsiy zo‘rlash va talonchilik singari jinoyatlarga qo‘l urgan. 

Komissiya Suriyada urush boshlangandan beri yigirmadan ortiq hisobot tayyorlagan. Bu galgisi 2020 yilning 11 yanvaridan 1 iyuligacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. 

Hisobotda qayd etilishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad nazoratidagi guruhlar tinch aholi vakillarini olib qochish, qiynoq, jinsiy zo‘rlash va mahbuslarni o‘ldirish jinoyatlarini sodir etgan. Hukumat nazoratidagi hududlarda aholining o‘z uylariga qaytishiga to‘sqinlik qilinyapti, odamlar o‘zlariga tegishli mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga qiynalyapti. BMT ekspertlari hukumat armiyasini insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblagan.

Shuningdek, hisobotda kurd qurolli guruhlari nazorat qilayotgan hududlarda ISHIDga a’zolikda gumonlangan kishilar og‘ir ahvolda yillab hibsda saqlanayotgani aytilgan. Kurdlar odam o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanayotgani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!