Somon qoldiqlarini yonib ketishi tabiatga zarar keltirdi

Somon qoldiqlarini yonib ketishi tabiatga zarar keltirdi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Quyi Chirchiq tumani bo‘limi inspektorlari bilan birgalikda nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir mobaynida tumanning «Mingchinor» MFY, O‘zbekiston hududida «Tct Agro Cluster» MCHJga qarashli g‘alladan bo‘shagan 22,0 ga yer maydonidagi somon poya qoldiqlarini yonib ketishi holati aniqlandi. Oqibatda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 30.397.804 so‘mni tashkil qildi. Hozirda to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda qonuniy qaror chiqarish maqsadida sud organiga yuborilmoqda.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi ogohlantiradi: G‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon poya qoldiqlarini yoqib tabiatga zarar yetkazmang, aks holda qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini unutmang.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!