G‘azo sektorida genosidda ayblangan Isroil armiyasining hujumlari natijasida yana bir jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azodagi Falastin hukumati matbuot xizmati xabar berdi, deydi “Anadulu” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning eksklavga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 153 nafarga yetgan.
G‘azo ma’murlari avvalroq Isroil “Falastin ovozini o‘chirish, faktlarni yashirish hamda yangiliklar va ma’lumotlarning mintaqaviy va xalqaro jamoatchilikka yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun” G‘azodagi ommaviy axborot vositalari xodimlarini ataylab nishonga olayotgani haqida xabar bergan edi. Yaqinda vafot etgan jurnalist esa “Shams” axborot agentligi xodimi Muhammad Mahmud Abu Sharia bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.