AQSh Oliy sudi Donald Trampni "qisman daxlsizlik huquqiga ega" deb topdi

AQSh Oliy sudi Donald Trampni "qisman daxlsizlik huquqiga ega" deb topdi

Oliy sud raisi Jon Robertsning ta’kidlashicha, prezident o‘z lavozimida bo‘lgan vaqtida sodir etgan rasmiy xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilishdan "mutlaq immunitet" ga ega.

"Norasmiy harakatlar uchun immunitet mavjud emas", — deya qo‘shimcha qildi Roberts va sobiq prezidentga qo‘yilgan ayblovlarning rasmiy yoki norasmiy xatti-harakatlarga aloqadorligini aniqlash uchun ishni quyi sudga yubordi.

Donald Tramp Oliy sudning bu qarorini "demokratiyaning g‘alabasi" deb atadi.

"Bu Konstitusiyamiz va demokratiyamiz uchun katta g‘alaba. Amerikalik ekanligimdan faxrlanaman!", — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Sosial ijtimoiy tarmog‘ida sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!