1-sentyabrdan stipendiyalar oshadi(mi)?

1-sentyabrdan stipendiyalar oshadi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-sentyabrdan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun stipendiyalar oshiriladi, Bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshiriladi degan mazmundagi yolg‘on habarlar tarqalmoqda.

Bu xabar aslida Qozog‘iston yangiligi, O‘zbekistonga tegishli bo‘lmagan xabar.

Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov 2024 yil 1-sentyabrdan boshlab kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun stipendiyalarni oshirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorini imzoladi.
Hukumat matbuot xizmatining xabar berishicha, kollej o‘quvchilari uchun stipendiyalar 50 foizga oshirilib, ishchilar uchun 43 574 tenge, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari uchun 41 896 tengeni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshirilib, 47 135 tengega, pedagogika va tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun stipendiyalar 75 600 tengegacha ko‘tariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!