Sirtqi ta’limga testlar. 1695 nafar abituriyent kelmadi

Sirtqi ta’limga testlar. 1695 nafar abituriyent kelmadi

Bugun Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni – 18 avgustda davom ettirildi.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 17 avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 47ta binoga yetkazildi.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00da boshlandi. Test sinovlarida 16ta oliy ta’lim muassasalarining 17ta ta’lim yo‘nalishida 21 ming 904 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 1 695 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 16 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma’lumotlar test sinovlari 1-smenada tugaganidan so‘ng taqdim etiladi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!