Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida «Raqamli texnologiyalar markazi» ochildi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida «Raqamli texnologiyalar markazi» ochildi

Bugun, 22 mart kuni O‘zbektelekom Aksiyadorlik kompaniyasi Sirdaryo viloyat filiali Mirzaobod tumani telekommunikasiya bog‘lamasi ma’muriy binosida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi. Bu haqda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati Daryo ga xabar berdi.

Ta’kidlash zarurki, qisqa fursatlarda Vazirlik tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlik o‘quv markazini ochish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rilib, Markaz zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Ushbu Markazning respublika bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari davom etayotgan paytda ochilishi Sirdaryo viloyati yoshlariga munosib bayram tuhfasi bo‘lgan.

Mirzaobod tumanida joylashgan mazkur Markaz Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarda ochiladigan markazlar hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Hindistonning ilg‘or tajribasi asosida tashkil etilayotgan Texnopark o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaragan.

Markazda yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat sohasida innovasion tadbirkorlik yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etiladi. Ushbu Markazda 3 ta yosh toifasida, ya’ni 9-15, 16-19 hamda 20-25 yoshdagi ta’lim oluvchilar bosqichma-bosqich axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar sifatida tayyorlanadi.

Qolaversa, Markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Raqamli texnologiyalar markazi ning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!