Sirdaryo va Buxoroda tijorat banki mutaxassislari tomonidan pul mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Sirdaryo va Buxoroda tijorat banki mutaxassislari tomonidan pul mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan “S.N.” fermer xo‘jaligining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Sardoba filiali bosh mutaxassisi I.M. boshqalar bilan oldindan til biriktirib, “G‘alla imtiyozli kredit hisobidan mexanizasiya xizmatlari uchun oldindan to‘lov” mazmunida fermer xo‘jaligining 77,8 mln so‘m pul mablag‘ini asossiz ravishda boshqa sub’ektlarga o‘tkazib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATIB “Ipoteka bank” Buxoro viloyati filiali kassa shahobchasi sobiq kassiri N.H. 98 ta ijro hujjati bo‘yicha fuqarolarga go‘yoki qarzdorliklari qoplanganligi to‘g‘risidagi soxta kvitansiyalarni taqdim qilib, aslida 20,1 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!