Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmologik kuzatishlar va tadqiqotlar milliy ilmiy markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 09:12 da qayd etilgan. Zilzila episentri Olmaota shahridan 194 km janubi-sharqda joylashgan. Tabiiy hodisaning manbai 10 km chuqurlikda bo‘lgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!