Sindzo Abe ishonchni oqlay olmagani uchun o‘z xalqidan kechirim so‘radi

Sindzo Abe ishonchni oqlay olmagani uchun o‘z xalqidan kechirim so‘radi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bir qator mojarolardan keyin unga va uning hukumatiga ishonch yo‘qolgani uchun o‘z xalqidan kechirim so‘radi. Abe milliy parlamentning navbatdagi sessiyasi tugagani munosabati bilan o‘tgan matbuot anjumanda kechirim so‘radi. 

Bosh vazir uning hukumati oxirgi yillar aralashib qolgan mojarolar boshqa qaytarilmasligi uchun barcha zarur ishni qilishga va’da bergan.

Avvalroq Yaponiya parlamenti quyi palatasi 6 ta muxolif partiya tomonidan ko‘rib chiqishga kiritilgan, hukumatga ishonchsizlik taklifini rad etgan. 

Oxirgi ikki yil davomida Abe hukumati bir qator mojarolar markazida qolgan. Bu mojarolardan asosiylaridan biri davlat yerini Abening rafiqasi bilan bog‘langan tashkilotga ancha kamaytirilgan narxda sotilgani haqidagi hujjatlarning moliya vazirligi tomonidan soxtalashtirilgani bilan bog‘liq. Yana bir yirik mojaro yangi veterinar ta’lim muassasasining tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda shaxsan bosh vazir yordam berishda gumon qilingan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!