Shimoliy Koreya o‘z hududidan amerikalikni haydab chiqardi

Shimoliy Koreya o‘z hududidan amerikalikni haydab chiqardi

Shimoliy Koreya o‘z hududidan AQSh fuqarosini chiqarib yubordi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi bayonotida aytilgan.

Bryus Bayron Lourens ismli amerikalik 16 oktyabrda Shimoliy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi chegara orqali Shimoliy Koreya hududiga noqonuniy o‘tgach, qo‘lga olingan.

“Tergov davomida Lourens AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi buyrug‘i bilan Koreyaga noqonuniy o‘tgani haqida ko‘rsatma bergan”, deyilgan xabarda. Ta’kidlanishicha, tergov natijasiga ko‘ra, erkakni Koreyadan haydab chiqarishga qaror qilingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, 2017 yil noyabrida shunday ismli amerikalik Shimoliy Koreya chegarasi yaqinida izg‘ib yurgandan keyin Janubiy Koreyadan deportasiya qilingan. Biroq bu ikki holatdagi odamlar bir kishiligi yoki yo‘qligi aniq emas.

Vashington va Pxenyan munosabatlari Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilarning 12 iyundagi sammitidan keyin ancha yaxshilangan.

Uchrashuv oldidan mayda Pxenyan o‘z turmalaridan 3 amerikalikni ozod etgani ma’lum qilingan. Ular buzg‘unchilikda va dushmanona harakatlarni sodir etish ayblovi bilan qo‘lga olinib, mehnat lagerida jazo o‘tashayotgan bo‘lgan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!