Shifokorlar koronavirus va gripp bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini taqqoslashdi

Shifokorlar koronavirus va gripp bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini taqqoslashdi

Kanadalik shifokorlar koronavirus va gripp bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini taqqoslashdi. 

Tadqiqot "CMAJ" jurnali tomonidan nashr etildi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar tadqiqot davomida Toronto va Missisauga shahridagi ettita yirik kasalxonaning 2019 yil 1 noyabridan 2020 yil 30 iyunigacha bo‘lgan davrini tahlil qilishgan. Ushbu hududlar ko‘p sonli aholi va koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan joylar sifatida tanlangan.

Natijada, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning intensiv terapiya bo‘limida gripp bilan kasallanganlarga qaraganda bir yarim baravar ko‘pligi aniqlangan. Shu bilan birga, koronavirusga chalingan bemorlarning o‘lim darajasi gripp bilan kasallanganlarga qaraganda 3,5 baravar yuqoriligi tasdiqlangan.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, farqlar koronavirusga qarshi immunitet darajasining pastligi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!