Shaxmatchilarimiz Belarusdan medal bilan qaytishmoqda

Shaxmatchilarimiz Belarusdan medal bilan qaytishmoqda

Joriy yilning 16 avgustida Rapid, Blis bo‘yicha III Jahon chempionati Belarusning Minsk shahrida start olgani haqida xabar bergandik.
16-19 avgust kunlarida bo‘lib o‘tgan musobaqada 8,10 va 12 yoshli o‘g‘il qizlar qatnashishdi.
O‘zbekiston Shaxmat federasiyasining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan Olimova Rukiya va Xamdamova Afruza(FIDE sport ustaligiga nomzod), Oybekov Ozodbekjon, Oybekov Otabekjonlar dona surishdi. Olimova Ruqiya o‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida blis yo‘nalishida 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida kumush medal sohibasi, Hamdamova Afruza esa blis yo‘nalishida chempionlikni, rapidda esa ikkinchi o‘rinni olgan edi. 
Ushbu musobaqada Olimova Ruqiya  Rapidda kumush medalni, Hamdamova Afruza Blisda oltin medalni ya’ni jaxon chempionligini qo‘lga kiritdi. Yakunda terma jamoamiz umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. 

Natijalar:
RAPID:
1.  Olimova Ruqiya – 8,0 ochko bilan 2-o‘rin (kumush medal) (8 yoshgacha)
2.  Hamdamova Afruza – 7,0 ochko bilan 4-o‘rin (10 yoshgacha)
3.  Oybekov Ozodbekjon – 5,5 ochko bilan 39-o‘rin  (8 yoshgacha)
4.  Oybekov Otabekjon – 5,5 ochko bilan 38-o‘rin (8 yoshgacha) 
BLIS:
1.  Hamdamova Afruza – 8,0 ochko bilan 1-o‘rin (oltin medal) (10 yoshgacha)

 2.  Olimova Ruqiya – 6,5 ochko bilan  (4-o‘rin) (8 yoshgacha)                                                                     
 3.  Oybekov Ozodbekjon -  6,5 ochko bilan 12-o‘rin (8 yoshgacha)
4.  Oybekov Otabekjon – 5,5 ochko bilan 32-o‘rin (8 yoshgacha)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!