Shavkat Mirziyoyev: «Past daromadli aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos»

Shavkat Mirziyoyev: «Past daromadli aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos»

Davlat tomonidan 2021 yilda uy-joy qurilishi uchun ham aholiga, ham quruvchilarga katta imtiyozlar berilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2021 yilda ipoteka krediti bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi. Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.

«Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya’ni aholi uy olish uchun dastlabki badalning bor-yo‘g‘i 5 foizini to‘laydi, xolos. Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.

Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 million so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 million so‘mini to‘laydi, 22 million so‘mini esa davlat beradi. Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1 million 100 ming so‘mini har oy davlat qoplab beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!