Saudiyada ISHIDning besh nafar a’zosi o‘limga hukm qilindi

Saudiyada ISHIDning besh nafar a’zosi o‘limga hukm qilindi

11 mart kuni Saudiya Arabistonida ISHID terroristik guruhiga aloqador bo‘lgan kichik tashkilotning 5 nafar a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Mazkur tashkilotning jami 45 nafar a’zosi bo‘lib, ularning 40 nafari Qirollik xavfsizlik kuchlari bilan bo‘lgan janglarda halok bo‘lishgan.

Keng qamrovli tekshiruvlardan so‘ng ayblanuvchilar Qirollikdagi terroristik operasiyalarni amalga oshirgani, shu jumladan, 2016 yilning aprel oyida general Kitob Al-Otaybini o‘ldirganligi aniqlangan.

Shuningdek, ular Qirollikdagi 3 ta masjidni portlatishgan. ISHID a’zolari 2015 yilning avgust oyida Abxa shahridagi Maxsus favqulodda kuchlar masjidini nishonga olgan va oqibatda 11 ta xavfsizlik kuchlari xamda to‘rtta bangladeshlik ishchilar o‘ldirildi. Masjidlardagi ikkinchi portlash 2015 yilning oktyabr oyida sodir etilgan bo‘lib, unda 2 kishi halok bo‘lgan va yana 27 kishi jarohatlangandi. Uchinchi hujum Al-Ahsa shahridagi Ar-Rida masjidiga 2016 yil yanvarida yuz bergan. Bomba portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, 36 kishi yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!