Samarqanddagi tarixiy yodgorlik ispanlarga mehmonxona qurish uchun berilmaydi

Samarqanddagi tarixiy yodgorlik ispanlarga mehmonxona qurish uchun berilmaydi

Samarqanddagi “Ishratxona” tarixiy yodgorligi ispanlarga mehmonxona qurish uchun berilmaydi deya ma’lum qildi Samarqand hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

“Ishratxona yodgorligini Ispaniyaning Paradoes kompaniyasiga mehmonxona qurish uchun berilayotgani haqidagi postlar va salbiy fikrlarga javoban Samarqand viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida javob beraman: ushbu kompaniya bilan muzokaralar mening ishtirokimda bo‘lgan va unda yodgorlikning Paradoes’ga berilishi to‘g‘risida hech qanday gap bo‘lmagan”, — deb yozib qoldirilgan xabarda.

Muzokaralar maqsadi Samarqandning tarixiy zonasida mehmonxona biznesini to‘g‘ri rivojlantirish bo‘yicha maslahatlashishdan iborat edi, chunki Paradoes ushbu yo‘nalishda tashkilotlar va davlatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha katta tajribaga ega.

"Ishratxona madaniy meros ekanligini hisobga olib, uni potensial investorga berib bo‘lmaydi. Men yodgorlik hududini obonlashtirish va binoning o‘zini saqlab qolish va undan faqat turistik diqqatga sazovor joy sifatida foydalanishni taklif qilaman”, - deydi hokim o‘rinbosari o‘zining facebook’ida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!