Rud van Nistelroy «MYu»ga qaytdi

Rud van Nistelroy «MYu»ga qaytdi

«Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy sobiq klubiga murabbiy sifatida qaytdi.

47 yoshli niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hag boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o‘rin oldi. Rud bilan birga Rene Xake ham ten Hagning yordamchisiga aylandi. Tomonlar 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan.

«Manchester Yunayted» va «Real» sobiq forvardi o‘tgan mavsum boshida PSVda ish boshlab, Eyndxoven klubi bilan Eredivizida 2-o‘rinni egalladi hamda Niderlandiya kubogi va Superkubogida zafar quchgandi.

Avvalroq, Rud «Bernli» bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!