Qozog‘istonda bolalar ommaviy zaharlandi

Qozog‘istonda bolalar ommaviy zaharlandi

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati Besshoki qishlog‘idagi maktabda 1-4-sinf o‘quvchilarining ommaviy zaharlanishi kuzatildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, 141 bola tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Hozir 82 kishi tibbiy muassasaga qatnab davolanyapti, 43 bola uyda, 16 nafar o‘g‘il-qiz kasalxonada muolaja olyapti.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova ma’lum qilishicha, voqea joyiga viloyat tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatining 10 asosiy, 2 qo‘shimcha guruhi hamda Munayli tumani markaziy kasalxonasidan 4-toifali chaqiruv xizmati 5 ta brigadasi yuborilgan.

– Bundan tashqari muayyan tibbiyot tashkilotlariga viloyat ruhiy salomatlik markazi psixologik yordam guruhlari joylashtirildi, – dedi mulozim. – Bolalar salomatligi bilan bog‘liq vaziyat Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!