Amerikalik harbiylar Yamanda hutiylarning bir nechta dronlari va raketalarini yo‘q qildi

Amerikalik harbiylar Yamanda hutiylarning bir nechta dronlari va raketalarini yo‘q qildi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) so‘nggi 24 soat ichida Yamanda hutiylarning uchta uchuvchisiz samolyoti va ikkita hutiy raketa uchirgichi yo‘q qilingani haqida xabar berdi.

"Oxirgi 24 soat ichida CENTCOM kuchlari Yamanda hutiylar nazorati ostidagi hududda uchta uchuvchisiz uchish apparati va ikkita raketani yo‘q qildi", — deya xabar berdi qo‘mondonlik ijtimoiy tarmoqda.

Hisobotga ko‘ra, "bu qurilmalar AQSh va koalisiya kuchlari va mintaqadagi tijoriy kemalar uchun aniq va mavjud tahdid solishi aniqlangan".

"Navigasiya erkinligini himoya qilish uchun choralar ko‘rildi", deb ta’kidladi CENTCOM.

2023 yil 7 oktyabrda Xamas Isroilga hujum qildi. Bunga javoban Isroil XAMASga qarshi harbiy operasiya boshladi. Bu voqealar Yaqin Sharqdagi qator guruhlarning Iroq va Suriyadagi Amerika kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirishga olib keldi. Shunday qilib, yamanlik hutiy isyonchilari Qizil dengizdagi kemalarga qarata o‘q uzishni boshladi. Bu vaqt ichida ular 80 dan ortiq kemalarga hujum qilishdi. AQSh va Buyuk Britaniya bunga javoban Yamandagi hutiy nishonlariga muntazam hujum qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!