Toshkentda Cobalt urib yuborgan 41 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 41 yoshli erkak vafot etdi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida Cobalt urib yuborgan 41 yoshli erkak halok bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 8 sentyabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan (erkak) J.X. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1983 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!