Suriya Isroil havo hujumlari natijasida halok bo‘lganlar haqida xabar bermoqda

Suriya Isroil havo hujumlari natijasida halok bo‘lganlar haqida xabar bermoqda

Suriya Isroil havo hujumlari natijasida halok bo‘lganlar haqida xabar bermoqda.

"Isroil havo kuchlarining Suriya markaziga bergan zarbalari natijasida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi", deya xabar bermoqda Suriya davlat axborot agentligi shifokorlar va harbiylarga tayanib.

Zarbalar yakshanba kuni kechqurun Xama viloyatining Masyaf shahri yaqinida amalga oshirilgani aytilmoqda. Isroil armiyasi bu xabarlarga izoh bermayapti.

"Yakshanba kuni soat 23:20 atrofida dushman Livanning shimoli-g‘arbiy qismidan markaziy mintaqadagi bir qator harbiy nishonlarga havo hujumi uyushtirdi. Bizning havo hujumidan mudofaa kuchlarmiz MyuIsroilning bir nechta raketalarni urib tushirdi", deb yozmoqda Sana agentligi harbiy manbadan iqtibos keltirgan holda.

Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi yetti kishining o‘limi va 15 nafar kishining jarohatlangani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!