Turizm va umumiy ovqatlanish sohasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismi qaytariladi

Turizm va umumiy ovqatlanish sohasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismi qaytariladi

📆 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turizm va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga, 2025 yil 1 yanvardan boshlab esa umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tizimi joriy etiladi.

Qancha qaytariladi?

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun:
↪️Oylik tovar aylanmasining 60% dan ortig‘i naqd pulsiz to‘lovlar orqali amalga oshirilgan taqdirda – to‘langan QQSning 40%.
↪️Oylik tovar aylanmasining 60% dan kami naqd pulsiz to‘lovlar orqali amalga oshirilgan taqdirda – to‘langan QQSning 20%.
Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari uchun:
↪️To‘langan QQSning 20%.

QQSning tegishli qismi har oyning 25-sanasiga qadar respublika byudjetidan qaytariladi.

❗️Mazkur tizim 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!