Putin Kim Chen Inni KXDR tashkil topgan kuni bilan tabrikladi

Putin Kim Chen Inni KXDR tashkil topgan kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga respublika tashkil topganining 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Rossiya prezidenti mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada, deb hisoblaydi.

"Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali Rossiya va KXDR o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni tizimli ravishda mustahkamlashda davom etamiz. Bu, shubhasiz, xalqlarimizning tub manfaatlariga javob beradi va Koreya yarim oroli va butun Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga mos keladi", — deyiladi telegrammada. Vladimir Putin Kim Chen Inga “salomatlik va muvaffaqiyat”, KXDR fuqarolariga esa “tinchlik va farovonlik” tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!