Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi

Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son, 07.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:

bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;

garovsiz ajratilgan 100 million so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;

mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.

Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:

kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi;

2024 yil 1 noyabrdan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:

▫️5-toifa uchun – 12,5 foiz;
▫️4-toifa uchun – 13,5 foiz;
▫️3-toifa uchun – 14,5 foiz;
▫️2-toifa uchun – 17,0 foiz;
▫️1-toifa uchun – 18,0 foiz;


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!