Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan “Usik—Fyuri II” oqshomida ringga ko‘tarilishi mumkin. Unga o‘sha kuni ukrainalik Sergey Bogachuk raqib bo‘lishi kutilyapti. Ayni paytda tomonlar jang bo‘yicha muzokaralarga kirishgan.

Avvalroq Turki Al al-shayx ham Isroil Madrimovning Ar-Riyoddagi boks oqshomi doirasida jang qilishini xohlayotgani ma’lum qilingan edi.

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!